«Mash`al» ko`rigiga kamerunlik futbolchi taklif etildi

Muborakning «Mash`al» futbol klubi safiga ko`rikdan o`tish uchun yana bir legioner taklif etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kamerundan taklif etilgan futbolchi Ebax Tobi bo`lib, u Kamerun Oliy ligasi vakili «Astres» klubidan jamoaga ko`rikka kelgan.

Tobi 1990 yilning 27 sentabrida Kamerunda tavallud topgan. Hujumchi Kamerun o`smirlar va yoshlar terma jamoasi a`zosi bo`lib terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Kamerun terma jamoasi safida esa bir marta maydonga tushib, to`liq 90 daqiqa harakat qilgan.

Ushbu legioner jamoamizda ko`rikda bo`ladi. Agar murabbiylarda iliq taassurot qoldira olsa futbolchi bilan shartnoma imzolanadi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb