«Lokomotiv» yarim himoyachisi, buxorolik Jasur Hasanov uchun mavsum nihoyasiga etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hasanov O`zbekiston Kubogi yarim final doirasidagi o`yinda tizzasidan jarohat olgan edi. Avstriyadagi yig`in davomida uning ushbu jarohati yana bezovta qildi. U tezkorlik bilan Germaniyadagi shifoxonalardan biriga olib borildi va tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.
Tekshiruvlar natijasida Hasanovning tizzasidan olgan jarohati ancha jiddiy bo`lib chiqdi. U 18 iyul kuni jarrohlik amaliyotini o`tkazadi. Shifokorlar Jasurni olti oy davomida maydonga tusha olmasligini ma`lum qilishmoqda.