Ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlikning birinchi qismini Zominda olib borgan «So`g`diyona» navbatdagi yig`inni Toshkentda o`tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, jamoa 16 iyuldan Toshkentda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini boshlagan. Jamoa bir qator o`rtoqlik uchrashuvlarini o`tkazishni rejalashtirmoqda. Xususan, jamoa 16 iyul kuni «Navbahor»ga qarshi maydonga tushib, 3:4 hisobida mag`lub bo`ldi.