Davralar oralig`ida dastlabki o`quv-mashg`ulot yig`inini Chorvoqda o`tkazgan «Metallurg» futbol klubi 12 iyuldan Chirchiq shahriga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jismoniy yuklamaga ega bo`lgan futbolchilar endilikda har kuni to`p bilan amaliy mashg`ulotlarni davom ettirmoqda. O`z navbatida klub rahbariyati ko`rik uchrashuvlarini o`tkazish rejasini ham ishlab chiqdi.
Unga ko`ra bekobodliklar 18 iyul kuni Chirchiq shahrida Farg`onaning «Neftchi» jamoasi bilan kuch sinashishadi. 22 iyul Rustam Mirsodiqov shogirdlari «Buxoro» jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 24 iyulda Toshkentda O`zbekiston milliy terma jamoasi bilan o`yin o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.