«Neftchi» Toshkent yig`inida to`rtta nazorat o`yini o`tkazadi

2 iyuldan o`z qarorgohida yig`inni boshlagan «Neftchi» davralar oralig`idagi dastlabki yig`inni 14 iyul kuni yakunladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shundan so`ng futbolchilarga qisqa muddatli dam berildi. Navbatdagi yig`in Toshkentda kechadi — 17 iyul kuni futbolchilar poytaxtda yig`iladi. 18 iyul kuni tushga qadar «Futbol-MED»da ko`rikdan o`tiladi. Kechki payt sinov-nazorat uchrashuvida Chirchiq shahrida «Metallurg»ga qarshi maydonga chiqiladi.

Toshkent yig`ini davomida to`rtta sinov-nazorat uchrashuvi o`tkazish rejalashtirilgan. Unga ko`ra «Neftchi» 18 iyul kuni «Metallurg», 21 iyul kuni «Mash`al», 24 iyul kuni «Olmaliq» hamda 27 iyul kuni «Sho`rtan» jamoalarga qarshi o`yin tashkil etadi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb