«Navbahor» nazorat o`yinida «So`g`diyona»ni mag`lub etdi

Ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlik ko`rayotgan «Navbahor» 16 iyul kuni Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazdi. Bu haqda «Navbahor» FK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, o`yin 4:3 hisobida «Navbahor» g`alabasi bilan yakuniga etgan. Namanganliklarning gollariga Rahmatullaev Berdimurodov, Dilshod Jabborov (dubl) va jamoa safida ko`rikdan o`tayotgan ukrainalik Anatoliy Kachur hisobiga yozilgan.

Qayd etish joiz, jamoa bungacha 12 iyulda «Mash`al» bilan 1:1 hisobida durang o`ynagan, 14 iyulda esa «Qizilqum»ni mag`lub etgandi.

«So`g`diyona»ga qarshi o`yindan so`ng «Navbahor» birinchi yig`inni yakunladi. Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi 20 iyuldan boshlanadi. Jamoa «Lokomotiv» bilan nazorat o`yini o`tkazishi rejalashtirilgan.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb