«Qizilqum»da gruziyalik futbolchilar ko`rikdan o`tmoqda

Navoiyning «Qizilqum» jamoasi Toshkentda navbatdagi o`quv-mashg`ulot yig`ini tashkil etmoqda. Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, unda 26 nafar futbolchi ishtirok etyapti.

Mashg`ulotlarda birinchi davra uchrashuvlarini yoshlar tarkibida o`tkazgan yarim himoyachi Bobirjon Iskandarov, hujumchi Bahodir Qosimovlar ham qatnashmoqda. Jamoa murabbiylar shtabi ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko`rish maqsadida yana bir qator legionerlarni ham ko`rikdan o`tkazishni rejalashtirishgan.

Jumladan, Toshkentda uyushtirilayotgan mashg`ulotlarga gruziyalik Georgiy Kvesishivili, Georgiy Mikaberidzelar jalb etilgan. Himoyachi Kvesishivili «Buxoro» jamoasidagi o`yinlari bilan muxlislarimizga yaxshi tanish. Yarim himoya va hujum chizig`ida to`p suradigan Mikaberidze esa oxirgi mavsumda Gruziyaning «Olimpi» (Rustavi) jamoasi sharafini himoya qilgan.

Konchilar Toshkentda 20 iyulga qadar yig`in o`tkazishni mo`ljallashgan. Bu vaqt mobaynida Yuriy Lukin shogirdlari bir necha o`rtoqlik o`yinlarida maydonga tushadi. Xususan, 14 iyul kuni «Navbahor»ga qarshi o`yin o`tkazildi va unda namanganliklar 1:0 hisobida g`alaba qozonishdi. «Qizilqum» navbatdagi nazorat o`yinini 17 iyul kuni «Bunyodkor» yoshlariga qarshi o`tkazadi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb