«Olmaliq» O`zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o`ynashi mumkin

«Olmaliq» futbol klubi Toshkent viloyatining tog`li hududida joylashgan Qizilsuv sihatgohidagi tayyorgarlikni 16 iyul kuni yakunladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, jamoa 14 iyul kuni Chirchiq shahrida Muborakning «Mash`al» jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazib, 1:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi. «Olmaliq»ning yagona goli Sanjar Shoahmedov mualliflik qildi.

Jamoa mashg`ulotlarida "Neftchi"dan Jahongir Jiyamurodov, "Lokomotiv"dan Evgeniy Gogol, "Mash`al"dan Eldor Ergashev va "Xotira-79"dan hujumchi Islom Ishoqjonov ishtirok etmoqda, jamoa himoyachisi Shavkat Mullajonov esa «Lokomotiv»ga ketgan.

Rejaga ko`ra, «Olmaliq» 21 iyul kuni Farg`onaning «Neftchi», 24 iyul kuni «Buxoro» jamoalari bilan bahs olib boradi. 28 iyul kuni esa yo «Paxtakor», yo O`zbekiston milliy terma jamoasi «Olmaliq»ga raqib bo`lishi mumkin.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb