Shohruh Gadoev «Nasaf» mashg`ulotlariga qaytdi

«Nasaf» futbol klubi Qarshidagi qarorgohida 12 iyuldan beri ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlik ko`rmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, jamoa mashg`ulotlarida yarim himoyachi Shohruh Gadoev ham ishtirok etmoqda.

Eslatib o`tamiz, klubdagi ishonchli o`yinlari sabab milliy terma jamoaga ham muntazam jalb etila boshlagan bu futbolchi 2013 yilgi mavsumda jiddiy jarohat olgandi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb