«Paxtakor» o`rtoqlik uchrashuvida «Buxoro»ni mag`lub etdi

Ikkinchi davraga tayyorgarlik olib borayotgan «Paxtakor» futbol klubi 16 iyul kuni Qibrayda «Buxoro» jamoasiga qarshi to`p surdi. Bu haqda «Paxtakor» FK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda hujumchi Anvar Soliev tomonidan kiritilgan gol «Paxtakor» futbolchilariga 1:0 hisobida g`alaba keltirdi.

Jamoa 12 iyuldan ikkinchi davra o`yinlariga tayyorgarlikni boshlagan bo`lib, jamoa o`quv-mashg`ulot yig`inlari doirasida to`rtta nazorat o`yinini o`tkazishni rejalashtirgan.

Jamoa mashg`ulotlarida birinchi davrani ijara asosida BAAning «Ash-Sha`b» klubida o`tkazgan Oybek Qilichev va «Dinamo» (Samarqand)da o`ynagan Farrux Shotursunov ishtirok etmoqda.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb