«Bunyodkor» Ar-Riyoddagi ilk mashg`ulotlarni o`tkazdi

Ar-Riyodga 12 may kuni tushlikdan so`ng etib kelgan Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi mahalliy vaqt bilan kech soat 21:00da Saudiya Arabistonidagi eng ulkan arena – «Qirol Fahd» xalqaro stadionida o`zining ilk mashg`ulotini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Roppa-rosa bir soat davom etgan mashg`ulot jarayonida Saudiya Arabistoniga olib kelingan barcha 18 nafar futbolchi ishtirok etdi. Tarkibda yo`qotishlar yo`q, futbolchilarning kayfiyati jangavor ruhda.

Murabbiylar shtabi quyidagi futbolchilarni Saudiya Arabistoniga olib kelishgan:

Darvozabonlar – Akbar To`raev, Murodjon Zuhurov
Himoyachilar – Akmal Shorahmedov, Xayrulla Karimov, Sergey Simonenko, Anvar G`ofurov, Boburjon Akbarov
Yarim himoyachilar – Alibobo Rahmatullaev, Dilshod Jo`raev, Javlon Ibrohimov, Sardor Sobirxo`jaev, Sardor Rashidov, Karles Koto, Oleg Zoteev
Hujumchilar – Bahodir Pardaev, Aleksandr Pishur, Vohid Shodiev, Anvar Berdiev

«Aslini olganda, Osiyo Chempionlar ligasi reglamentiga ko`ra, «Bunyodkor» ushbu stadionda 13 mart kuni o`zining o`yinoldi rasmiy mashg`ulotini o`tkazishi kerak edi. Biroq rasmiy mashg`ulot o`tadigan paytda ushbu stadion Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvlari doirasidagi «Al-Shabab» – «Al-Ittihod» bahsiga mezbonlik qilayotgan bo`ladi. «Qirol Fahd» xalqaro stadioni «Al-Hilol», «Al-Shabab» va «Al-Nasr» klublarining uy arenasi hisoblanadi. Shu boisdan ham «Bunyodkor» ushbu arena chimlarini 12 may sanasida sinab ko`rdi. Endi «Bunyodkor»ning ertangi tayyorgarligi boshqa maydonda o`tadi», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o`tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finali javob uchrashuvi doirasidagi «Al-Hilol» – «Bunyodkor» uchrashuvi 14 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 (Toshkentda 23:00 bo`ladi)da boshlanadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb