«Al-Hilol» – «Bunyodkor» uchrashuvini avstraliyalik hakamlar boshqaradi

14 may, chorshanba kuni Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final javob o`yinlari doirasida Ar-Riyodda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi mehmoni bo`ladi. Uchrashuvni avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

«Al-Hilol» – «Bunyodkor» uchrashuvi bosh hakami etib Benjamin Uilyams tayinlangan. Unga qanotlardan vatandoshlari Mettyu Krim va Hoqon Anaz yordam bersa, to`rtinchi hakam sifatida yana bir avstraliyalik referi – Jared Jillet ko`rsatilgan. Hakamlar harakatini uchrashuv davomida livanlik Yazbek Yazbek nazorat qilib boradi.

Eslatib o`tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvi doirasidagi «Al-Hilol» – «Bunyodkor» uchrashuvi 14 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 (Toshkentda 23:00 bo`ladi)da boshlanadi.

Ma`lumot uchun, har ikki jamoa o`rtasida Toshkentda o`tkazilgan dastlabki uchrashuv 1:0 hisobida «Al-Hilol» futbolchilari g`alabasi bilan yakuniga etgan.

Osiyo Chempionlar ligasi-2014
Nimchorak final, javob uchrashuvi
14 may, chorshanba
«AL-HILOL» (Saudiya Arabistoni) – «BUNYoDKOR» (O`zbekiston)
Bosh hakam:
Benjamin Uilyams (Avstraliya).
Yon qanot hakamlari: Mettyu Krim (Avstraliya), Hoqon Anaz (Avstraliya).
To`rtinchi hakam: Jared Jillet (Avstraliya).
Nazoratchi: Yazbek Yazbek (Livan).
Komissar: Manirul Islom (Bangladesh).
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb