«Bunyodkor» birinchi o`yinda «Al-Hilol»ga mag`lub bo`ldi

Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final dastlabki o`yinlari doirasida 7 may, chorshanba kuni «Paxtakor» markaziy stadionida o`tkazilgan bahsda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuv davomida «Bunyodkor» futbolchilari tashabbusga erishishgan bo`lsa-da, himoyada yo`l qo`yilgan xato natijasida raqibdan bitta gol o`tkazib yuborishdi. «Al-Hilol» qarshi hujumi vaqtida jamoa yarim himoyachisi Salim al-Dousariy tomonidan kiritilgan yagona gol o`yin taqdirini hal qildi.

«Al-Hilol» va «Bunyodkor» o`rtasidagi OChL nimchorak final javob uchrashuvi 14 may, chorshanba kuni Ar-Riyoddagi «Qirol Fahd» xalqaro stadionida bo`lib o`tadi.

OChL, nimchorak final, dastlabki uchrashuv
7 may, chorshanba
«Bunyodkor» (O`zbekiston) – «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni) 0:1 (0:1). 5360 tomoshabin.
Hakamlar:
Muhd Amirul Yoqub (Malayziya), Muhd Sabri Dovud (Malayziya), Azman bin Ismoil (Malayziya), Muhd Nafiz Vahob (Malayziya).
«Bunyodkor»: Akbar To`raev, Akmal Shorahmedov (Alibobo Rahmatullaev, 85), Xayrulla Karimov, Dilshod Jo`raev, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov (Bahodir Pardaev, 78), Aleksandr Pishur, Vohid Shodiev, Sardor Rashidov, Sahob Jo`raev (Karles Koto, 53), Oleg Zoteev.
«Al-Hilol»: Abdulloh al-Sdayriy, Sulton al-Beshiy, Abdulla al-Dossariy, Muhammad al-Shalhub (Abdulaziz al-Dousariy, 78), Kastilo, Nosir ash-Shamroniy (Xolid Ka`biy, 90+2), Yosir al-Qahtoniy (Abdulatif al-G`annam, 69), Kvak Tae Xvi, Digao, Saud Kaririy, Salim al-Dousariy.
Gol: Salim al-Dousariy (38).
Ogohlantirishlar: Xayrulla Karimov (35) – Salim al-Dousariy (43), Yosir al-Qahtoniy (50), Abdulloh al-Sdayriy (83), Abdulaziz al-Dousariy (90).
Eng yaxshi o`yinchi: Salim al-Dousariy («Al-Hilol»).
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb