«Bunyodkor» «Al-Fath»ni mag`lubiyatga uchratdi

16 aprel, chorshanba kuni Osiyo Chempionlar ligasi-2014 «V» guruhi 5-tur uchrashuvlari doirasida Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi Saudiya Arabistonining «Al-Fath» klubini qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuv 3:2 hisobida maydon egalari g`alabasi bilan yakuniga etdi.

Uchrashuvda hisob birinchi bo`lim yakunlanishiga uch daqiqa qolganida «Bunyodkor» yarim himoyachisi Oleg Zoteev tomonidan ochildi. Qayd etish joiz, bungacha o`tkazilgan to`rt uchrashuvning birortasida «Bunyodkor» hisobda oldinda bormagan edi.

Ikkinchi bo`lim birinchisiga nisbatan gollarga boy bo`ldi. Dastlab, 69-daqiqada Doris Salomo hisobni tenglashtirgan bo`lsa, oradan besh-olti daqiqa o`tmasdan, «Bunyodkor» himoyachilari va darvozaboni xatosidan unumli foydalangan Hamdon al-Hamdon «Al-Fath»ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Biroq uchrashuvning so`nggi o`n daqiqasida Aleksandr Volkov qo`l ostidagi «Bunyodkor» futbolchilari iroda ko`rsata olishdi – avvaliga, 83-daqiqada Vohid Shodiev hisobni tenglashtirgan bo`lsa, oradan ikki daqiqa Alibobo Rahmatullaev jamoasiga g`alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shunday qilib, «Bunyodkor» OChL-2014dagi ilk g`alabasini qo`lga kiritdi. Bungacha jamoa «Al-Fath» bilan durang (0:0) o`ynagan, «Al-Jaish»ga imkoniyatni boy bergan (1:2), «Fulad»ga qarshi ikki o`yinda bor-yo`g`i bir ochko (1:1, 0:1) ishlagan edi.

«V» guruhi 5-turi doirasida parallel o`tgan «Fulad» (Eron) – «Al-Jaish» (Qatar) uchrashuvida maydon egalari 3:1 hisobida g`alaba qozonishdi. Guruhda «Fulad» 11 ochko bilan peshqadam bo`lsa, «Al-Jaish» hisobida 8, «Bunyodkor» hisobida 3 ochko bor.

Guruh bosqichi so`nggi turida «Al-Jaish» o`z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qilsa, «Fulad» Saudiya Arabistonida «Al-Fath» mehmoni bo`ladi. Har ikkala o`yin 23 aprel, chorshanba kuni o`tkaziladi.

Osiyo chempionlar ligasi. 5-tur
«BUNYoDKOR» (O`zbekiston) – «AL FATH» (S.Arabistoni) 3:2 (1:0)
Gollar:
Oleg Zoteev (42), Vohid Shodiev (83), Alibobo Rahmatullaev (85) — Doris Salomo (69), Hamdan Al Hamdan (76)
«BUNYoDKOR»: 45.Akbar To`raev, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Xayrulla Karimov, 8.Javlon Ibrohimov, 11.Oleksandr Pishur, 14.Vohid Shodiev (44.Mirjamol Qosimov, 90+2), 23.Sahob Jo`raev, 24.Bahodir Pardaev (7.Alibobo Rahmatullaev, 73), 27.Sardor Sobirxo`jaev (5.Dilshod Jo`raev, 77), 33.Oleg Zoteev, 40.Sergey Simonenko.
ZAXIRADAGILAR: 1.Pavel Bugalo, 6.Anvar G`ofurov, 10.Anvar Berdiev, 30.Hasan Asqarov.
«AL-FATH»: 12. Ali Al Mazyadi, 5.Jemel Ammar (32.Bo Shagra Abdulaziz Yusuf, 15), 7.Hamdan Al Hamdan, 9.Doris Salomo, 14.Muhammad Al Fehaid, 15.Badr Al Hamis (77. Elton, 46), 16. Mishal Al Said, 17.Abdulloh Abdulloh Ali, 21.Muhammad Haydar, 25.Abdulrahmon Al Dossari, 88.Muborak Al Asmari.
ZAXIRADAGILAR: 1.Al Jamaish, 6.Ahmad Ali, 13.Fayoz Ahmad, 20.Al Shammari Sulton Saud, 80. Muborak Al Sulton.
Ogohlantirishlar: Sardor Sobirxo`jaev (14), Vohid Shodiev (60) Oleg Zoteev (88), Javlon Ibrohimov (90) — Muborak Al Asmari (49), Abdurahmon Al Dossari (90+2)
Hakamlar: Ko Xyung Jin, Jeong Xae Sang, Choy Min Byong, Kim Xi Gon (barchasi – Koreya Respublikasi)
16 aprel. Toshkent. «Paxtakor» stadioni. 2155 tomoshabin
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb