
Osiyo Chempionlar Ligasi «V» guruhi 5-tur uchrashuvlari doirasidagi «Bunyodkor» – «Al-Fath» (Saudiya Arabistoni) uchrashuvini janubiy koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
«Bunyodkor» va «Al-Fath» o`rtasidagi OChL-2014 guruh bosqichi uchrashuvi 16 aprel, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 18:00da Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo`lib o`tadi.
Osiyo Chempionlar ligasi, 5-tur
16 aprel, «V» guruhi
«BUNYoDKOR» (O`zbekiston) – «AL-FATH» (Saudiya Arabistoni)
Bosh hakam: Ko Xyung Jin (Janubiy Koreya)
Yon qanot hakamlari: Jeong Xae Sang (Janubiy Koreya), Choy Min Byong (Janubiy Koreya)
To`rtinchi hakam: Kim Xi Gon (Janubiy Koreya)
Nazoratchi: Mombeni Hidoyat (Eron)
Komissar: Rashid Mahbub Al-Dosariy (Qatar)