«Bunyodkor» yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi o`z safiga yaponiyalik futbolchini qo`shib oldi. Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, futbolchi «Bunyodkor» bilan ikki yillik shartnoma tuzgan.

Yaponiyalik futbolchi markaziy yarim himoyachi ampluasida to`p tepadi. Sato «Bunyodkor» safida 9-raqam ostida harakat qiladi. U jamoadagi osiyolik legioner o`rnini to`ldirgan.

1991 yilda tug`ilgan Sato o`tgan mavsumni Belarus chempionatining «Dinamo Brest» klubida o`tkazgan. Faoliyati davomida Yaponiyaning «Zespakusatsu Gumma», AQShning «Indiana Invaders», Latviyaning «Ventspils», «Skonto» jamoalarida to`p surgan.

Qayd etish joiz, Sato Minoru O`zbekiston chempionatida to`p suradigan ikkinchi yaponiyalik futbolchi bo`ladi. 2013 yilgi mavsumda yaponiyalik himoyachi Noaya Shibamura «Paxtakor» va «Buxoro» jamoalarida to`p surgan edi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb