
11 mart, seshanba kuni Toshkentda 2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi «V» guruhi 2-tur bahslari doirasida O`zbekistonning amaldagi chempioni «Bunyodkor» va Qatarning «Al-Jaish» jamoalari o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tdi.
O`yin 2:1 hisobida qatarlik futbolchilar foydasiga hal bo`ldi. O`yindagi har ikkala «Al-Jaish»ning braziliyalik hujumchisi – Nilmar hisobiga yozildi. «Bunyodkor»ning yagona goliga zaxiradan maydonga tushgan Bahodir Pardaev mualliflik qildi. Hujumchi jamoasi golini uchrashuv yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganida kiritdi.
OChL-2014 guruh bosqichi 1-turida «Bunyodkor» safarda Saudiya Arabistonining «Al-Fath» jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o`ynagan edi, «Al-Jaish» esa Eronning «Fulad» jamoasini qabul qilib, xuddi shu – 0:0 hisobini qayd etgandi. Musobaqa 3-turida «Bunyodkor» Toshkentda «Fulad»ni qabul qilsa, «Al-Jaish» Saudiyada «Fath» mehmoni bo`ladi.
«V» guruhi 3-tur uchrashuvlari 19 mart kuni o`tkaziladi.
OChL-2014, «V» guruhi, 2-tur uchrashuvi
11 mart, seshanba
«Bunyodkor» (O`zbekiston) – «Al-Jaish» (Qatar) 1:2 (0:1)
Gollar: Bahodir Pardaev (90+3) – Nilmar (34, 69).
Ogohlantirishlar: Xayrulla Karimov (16), Oleg Zoteev (65), Sardor Sobirxo`jaev (80) – Muhammad Metnaniy (31).
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Akmal Shorahmedov, Xayrulla Karimov (Boburjon Akbarov, 46), Javlon Ibrohimov, Aleksandr Pishur, Vohid Shodiev, Karles Koto, Sahob Jo`raev (Sardor Sobirxo`jaev (69), Oleg Zoteev (Bahodir Pardaev, 58), Sergey Simonenko.
«Al-Jaish»: Ahmad Sufyon, Muhammad al-Jabriy, Vesam Rizik, Yusuf Muftah, Nilmar (Abdulqodir Adam, 80), Jires Kembo-Ekoko (Fayoz Ramiy, 86), Majid Muhammad (Muhammad as-Said, 76), Muhd Metnaniy, Seul Ki Ko, Abdurahmon Issa, Ali Sanad.
Bosh hakam: Toma Masaaki (Yaponiya).
Toshkent, «Paxtakor» markaziy stadioni. 3600 tomoshabin.