Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan «Mash`al» 1 mart kuni Qarshining «Nasaf» jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi. Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, Yangier shahrida bo`lib o`tgan bahsda «gazchilar» «Nasaf» ustidan 2:1 hisobida g`alaba qozonishdi.
«Shuni aytish lozim, o`yinda har ikkala jamoa o`zining optimal tarkibi bilan to`p surdi. Uchrashuvda hisobni dastlab «Nasaf» ochdi. Keyin «Mash`al» safida Mo`ydin Mamazulunov o`zini ko`rsatib hisobni tenglashtirdi», - deyiladi klub xabarida.
Ikkinchi taymda esa Zafar To`raev tomonidan kiritilgan gol muborakliklarga g`alabani taqdim etdi.