«Andijon» yoshlar jamoasi 1 mart kuni Farg`onaning «Dinamo» jamoasi bilan nazorat o`yinida maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o`ynadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan «Andijon» asosiy tarkibi 1 mart kuni «Paxtakor» o`rinbosarlariga qarshi maydonga tushib, 4:0 hisobida g`alaba qozondi.
Jamoa bungacha «Mash`al»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushib, 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
«Andijon» navbatdagi nazorat uchrashuvini «Navbahor»ga qarshi o`tkazishi kutilmoqda.
Jamoa tarkibida «Bunyodkor»dan taklif etilgan himoyachi Javlon Mirabdullaev, shuningdek, ukrainalik futbolchilari – Sergey Dotsenko va Viktor Raskov ham ishtirok etmoqda.