
Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi 2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi bahslarini durang natija bilan boshladi.
25 fevral kuni 2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi bahslari start oldi. «V» guruhi 1-tur uchrashuvlari doirasida Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi Saudiya Arabistonining «Al-Fath» jamoasi mehmoni bo`ldi.
Qiziqarli kechgan o`yin 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. Ushbu o`yin ispaniyalik yarim himoyachi Karles Koto, ukrainalik himoyachi Sergey Simonenko, mavsum oralig`ida «Buxoro»dan olingan hujumchi Vohid Shodiev va «Guliston»dan kelgan Bobur Akbarov uchun «Bunyodkor»dagi rasmiy debyut bo`ldi.
Guruhning ikkinchi o`yinida Qatarning «Al-Jaish» jamoasi o`z maydonida Eronning «Fulad» jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o`ynadi. «V» guruhidagi navbatdagi o`yinlar 11 mart kuni bo`lib o`tadi. Shu kuni «Bunyodkor» o`z maydonida «Al-Jaish»ni qabul qilsa, «Al-Fath» Eronda «Fulad» mehmoni bo`ladi.
OChL-2014, «V» guruhi, 1-tur uchrashuvi
25 fevral, seshanba
«AL FATH» (Saudiya Arabistoni) – «BUNYoDKOR» (O`zbekiston) 0:0
«Al Fath»: 12. Ali Al Mazyadi, 4. Badr Al Nakli, 5. Jamel Ammar, 7. Hamdan Al Hamdan (s) (88. Muborak Al Asmari 75), 8. Husayn Al Moqahvi, 9. Doris Salomo, 14. Fehaid, 17. Abdulloh Ali, 21. Muhammad Haydar (80. M. Sulton 91), 32. Abdulaziz Yusuf, 77. Elton Xose Xaver Gomes (15 Badir Al Hamis 85ch).
«Bunyodkor»: 25. Murod Zuhurov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Xayrulla Karimov (s), 5. Dilshod Jo`raev (27. Sardor Sobirxo`jaev 63), 8. Javlon Ibrohimov, 11. Aleksandr Pishur, 14. Vohid Shodiev, 16. Karles Koto (33. Oleg Zoteev 80), 21. Sardor Rashidov, 23. Sahob Jo`raev, 40. Sergey Simonenko.
Ogohlantirishlar: Al Fehayd Salah (23) — Vohid Shodiev (13), Dilshod Jo`raev (22), Sardor Sobirxo`jaev (88)
Hakam: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya)