Belarusning «Minsk» jamoasiga qarshi nazorat o`yinidan so`ng, «Olmaliq» safida ko`rikdan o`tayotgan ba`zi legionerlarga javob berildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Minsk» jamoasiga qarshi o`yindan so`ng, ko`rikda bo`lgan Arslonmurod Omonov va Nasser Menasselga javob berildi. Bugundan jamoa tarkibiga tunislik Shaker Zuagi kelib qo`shildi», - deyiladi «Olmaliq» xabarida.
1985 yilda tavallud topgan Zuagi Tunisning «Olimpik de Bedja» jamoasi tarbiyalanuvchisi hisbolanadi. Markaziy yarim himoyachi 2006-2009 yillarda Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi sharafini himoya etgan bo`lsa, keyinchalik Shveytsariyaning «Tsyurix» klubida 2010-2012 yillar faoliyat olib bordi.
Uning so`nggi jamoasi Tunisning «Esperans»idir. Shaker Tunis terma jamoasi tarkibida 14 o`yinda ishtirok etgan va bir marta raqib darvozasini ishg`ol etgan.
«Tunislik futbolchi ko`rikdan muvaffaqiyatli o`tsa, jamoamiz sharafini himoya etishi mumkin», - deyiladi «Olmaliq» xabarida.