Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkazayotgan Farg`onaning «Neftchi» jamoasi 24 fevral kuni navbatdagi nazorat o`yinini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Latviyaning «Ventspils» jamoasiga qarshi kechgan o`yinda farg`onalik futbolchilar 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Ushbu uchrashuvda «Neftchi» safida zaxiradan gruziyalik futbolchi – Levan Gvazava maydonga tushgan.
25 fevral kuni «Neftchi» Turkiya yig`ini doirasidagi navbatdani nazorat o`yinini o`tkazadi. Toshkent vaqti bilan 14:00da boshlanishi kutilayotgan o`yinda O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi «Neftchi» raqib bo`lishi kutilmoqda.