24 fevral kuni «Andijon» Toshkentdagi uchinchi yig`inni boshlandi. Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur yig`inda ham jamoa «Admiral» mehmonxonasidan joy olgan holda «Bunyodkor» stadionining mashg`ulotlar maydonida shug`ullanmoqda.
Yig`inning dastlabki kunida tarkibda ikki nafar yangi futbolchi paydo bo`ldi. Ulardan himoyachi Sergey Dotsenko jamoa ixtiyoriga birinchi bo`lib etib keldi. Ukrainalik yana bir o`yinchi Viktor Raskov esa tarkibga 25 fevral kuni qo`shiladi.
Shuningdek, 24 fevral kuni mashg`ulotlarda yarim himoyachi Yannis Manzukas ham ishtirok etgan. Bundan tashqari yana bir qator o`yinchilarni «Andijon» safiga qo`shilishi kutilmoqda.
Ushbu yig`in davomida andijonliklar uchta nazorat uchrashuvida maydonga tushadilar. Bulardan dastlabkisi 27 fevral kuni «Mash`al» jamoasiga qarshi o`tkaziladi.