«Paxtakor» Rossiya klubiga yirik hisobda mag`lub bo`ldi

Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlari olib borayotgan Toshkentning «Paxtakor» jamoasi 24 fevral kuni navbatdagi nazorat o`yinini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rossiya 1-divizioni vakili, Volgogradning «Rotor» jamoasiga qarshi kechgan o`yinda «Paxtakor» futbolchilari yirik – 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

«Paxtakor» uchrashuvni quyidagi tarkibda boshlagan edi: N.Ribkin, A.Maxstaliev, M.Ubaydullaev, I.Rogovanov, T.Hakimov, A.Yusupov, M.Fernandes, T.Tolipov, A.Soliev, A.Babayan, S.Andreev.

Toshkentliklarning uchrashuvdagi yagona goliga Igor Sergeev mualliflik qildi. Uchrashuv 80-daqiqasida har ikkala jamoa safida bittadan o`yinchi maydondan chetlatildi.

Ma`lumot uchun, «Paxtakor» Turkiyadagi ushbu yig`in doirasida shu kungacha Rossiyaning «Krasnodar» jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan, boshqa bir rus jamoasi – «Volga» bilan 0:0 hisobida durang o`ynagan edi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb