BAAda o`quv-mashg`ulot yig`inlari olib borayotgan Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi 24 fevral kuni ilk nazorat o`yinini o`tkazdi. Bu haqda «Lokomotiv» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vadim Abramov qo`l ostidagi «Lokomotiv» BAA oliy divizioni autsayderlaridan biri – «Dubay»ga qarshi uchrashuvda katta ustunlikka erishishdi va 7:0 hisobida g`alaba qozonishdi.
«Lokomotiv» uchrashuvni quyidagi tarkibda boshlagan edi: Nesterov, Mustafoev, Yo`ldoshev, To`xtaxo`jaev, Karpenko, Musaev, To`raev, Rahimov, Hasanov, Tojiev, Nagaev.
Vadim Abramov qo`l ostidagi «Lokomotiv» BAAdagi yig`inni 19 fevral kuni boshlagan. Mashg`ulotlar 2 martgacha davom etadi.