BAAda o`quv-mashg`ulot yig`inlari olib borayotgan Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi ilk nazorat o`yinini o`tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
24 fevral kuni «Lokomotiv» Dubaydagi Jebel Ali mehmonxonasi maydonida «Dubay» jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazadi.
Vadim Abramov qo`l ostidagi «Lokomotiv» BAAdagi yig`inni 19 fevral kuni boshlagan. Mashg`ulotlar 2 martgacha davom etadi.