PFL Kubogi-2014 bahslari yakuniga etdi. Musobaqa o`yinlari 10-20 fevral kunlari bo`lib o`tdi.
Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida «Mash`al» va «Obod» jamoalari o`zaro maydonga chiqdi. Muborakliklar uchrashuv boshidayoq hisobni ochishdi. Bu vaziyatda Otabek Narzullaev o`zini ko`rsatdi. Uchrashuv birinchi taymi yakunlanishiga to`qqiz daqiqa qolganida Viktor Klishin «Obod» darvozaboni Bekzod Omonullaevni ikkinchi marta ranjitdi.
Uchrashuv 78-daqiqasida Bahodir Murtazoev «Mash`al»ning uchinchi golini urdi. Shunga qaramay, o`yin yakunlanishi arafasida «Obod» futbolchilari yirik mag`lubiyatdan qutilib qolishdi. Shunday qilib, 3:1 hisobida g`alaba qozongan «Mash`al» 2014 yilgi PFL Kubogi sohibiga aylandi.
G`oliblarga PFL Kubogini O`zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Farhod Magametov topshirdi.
PFL Kubogi-2014. Final
«Obod» (Toshkent) – «Mash`al» (Muborak) 1:3. 211 tomoshabin.
Hakamlar: M. Ismoilov, R. Nugmanov, A. Burov, H. Ro`ziev.
Nazoratchi: S. Najafaliev.
«Obod»: B. Omonullaev, K. Nurmatov, Z. Umirov, A. Abdurahmonov (D. Sharipjonov, 46), K. Tojibaev (S. Yulchiev, 74), Sh. Jalilov, J. Hasanov, O. Hakimov, M. Mirsaidov, B. Toshmirzaev (Sh. Majidov, 71), F. Miryunusov (U. Matmusaev, 80).
«Mash`al»: B. Nosirov (S. Quvvatov, 75), D. Vaniev, S. Hamroev (G`. Komilov, 46), S. Qutibaev, K. Bahodirov (M. G`ofurov, 46), J. Hasanov, O. Narzullaev, J. Abdumo`minov (B. Murtazoev, 70), Z. To`raev (A. Omonov, 46), V Klishin (I. Toshpo`latov, 46).
Gollar: K. Nurmatov (88) - O. Narzullaev (7), V. Klishin (36), B. Murtazoev (78).
Ogohlantirishlar: D. Vaniev (30), D. Sharipjonov (53), J. Abdumo`minov (63), J. Hasanov (90).