Ixtiyor Toshpo`latov «Mash`al» bilan shartnomasini uzaytirdi

«Mash`al» safida bir necha yildan beri to`p surib kelayotgan Ixtiyor Toshpo`latov klub bilan tuzgan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jizzaxlik futbolchi o`tgan mavsum birinchi ligada faol harakat qilib, 9ta gol urishning uddasidan chiqdi.

«Ma`lumki, Toshpo`latov iqtidorli hujumchilar sirasiga kiradi. U 2012 yil yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida ham o`zini ko`rsata olgandi. Ixtiyor «Mash`al»ga kelganidan beri ham farm-klub, ham o`rinbosarlar tarkibida to`p surishga ulgurdi. Bu yil esa asosiy tarkibdan muqim joy olish uchun astoydil harakat qilmoqda», - deyiladi klub xabarida.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb