Toshkentda yig`in o`tkazayotgan «Neftchi» o`rinbosarlari 19 fevral kuni «Andijon»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushishdi.
«Neftchi» matbuot xizmati xabariga ko`ra, o`yin 3:1 hisobida «Neftchi» g`alabasi bilan yakuniga etgan. «Neftchi»ning gollariga Izzat G`aniev, Murod Bobojonov va Ravshan Tohirov mualliflik qilgan.
Ma`lumot o`rnida, «Andijon» «Neftchi»ga qarshi o`yin bilan Toshkentdagi navbatdagi yig`inini yakunlagan va 24 fevralgacha qisqa muddatli ta`tilga chiqqan.
«Andijon» FK matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, «Neftchi»ga qarshi o`yinda jamoa tarkibida darvozabon Eldor Isaboev va «Paxtakor» yarim himoyachisi Sergey Rekun ishtirok etgan.