Toshkentda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazayotgan «Navbahor» va «So`g`diyona» jamoalari 19 fevral kuni o`zaro nazorat o`yinida maydonga tushishdi.
«Navbahor» FK matbuot xizmati xabariga ko`ra, uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etgan. Uchrashuvda «Navbahor» gollariga Baxtiyor Yoqubov va Abdumalik Abdullaev mualliflik qilgan.
«Uchrashuv yakuniga etgach, futbolchilarga qisqa muddatlik ta`til e`lon qilindi. Jamoa a`zolari qisqa vaqt davomida hordiq chiqarishgach yana Toshkentda to`planishadi», - deyiladi xabarda.