«Qizilqum» nazorat o`yinida «Sho`rtan»ni mag`lub etdi

«Qizilqum» 19 fevral kuni «Sho`rtan»ga qarshi nazorat o`yini bilan Toshkent yig`inini yakunladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Sho`rtan»ga qarshi nazorat bahsida «Qizilqum» jamoasi hujumchi Navro`z Alimovning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g`alaba qozondi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, «Qizilqum» Toshkent yig`ini davomida sakkizta – «Olmaliq» (1:5), «Mash`al» (0:2), «Oqtepa» (3:0), «Navbahor» (1:0), «Neftchi» (2:1), «Andijon» (1:0), «Sho`rtan» (1:0), «Buxoro» (1:1) jamoalariga qarshi nazorat o`yinlarida maydonga tushdi.

«Qizilqum» bungacha Navoiyda «Buxoro» (1:0) va «So`g`diyona» (2:1)ga qarshi nazorat o`yinlarida maydonga tushgan edi. Jamoa endi 24 fevraldan tayyorgarlikni Navoiyda davom ettiradi; mavsum boshlangunicha yana to`rtta nazorat o`yini o`tkazish rejalashtirilgan.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb