Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini olib borayotgan Bekobodning «Metallurg» jamoasi Ukraina, Armaniston va Qozog`iston klublariga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Metallurg» 18 fevral kuni Turkiya yig`ini doirasidagi ilk nazorat o`yinini o`tkazib, Rossiya 1-divizioni vakili hisoblangan «Sibir» jamoasi ustidan 1:0 hisobida g`alaba qozongan edi.
«Metallurg» endi 20 fevral kuni Ukraina birinchi ligasi vakili «Gelios» (Xarkov), 22 fevral kuni Armanistonning «Banants» va 25 fevral kuni esa Qozog`istonning «Astana» jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushadi.