Toshkentda o`quv-mashg`ulot yig`inlari olib borayotgan «Andijon» jamoasi tarkibiga himoyachi Ahrol Risqullaev qo`shilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Futbolchi 18 fevral kuni «Qizilqum» jamoasiga qarshi kechgan nazorat o`yinida ham zaxiradan maydonga tushgan. «Agar himoyachi mashg`ulotlarda o`zini ko`rsata olsa, jamoamizda qoladi», - deyiladi klub xabarida.
Xabar berishlaricha, «Andijon»ga ko`rikka kelgan litvalik himoyachi Gedeminas Paulauskas ortga qaytib ketgan – u ko`rikdan o`ta olmagan. Boshqa bir litvalik - N.Astrauskas esa «Qizilqum»ga qarshi o`yinda maydonga tushgan.
19 fevral kuni «Andijon» «Neftchi» o`rinbosarlariga qarshi maydonga tushadi. Shundan so`ng Toshkentdagi navbatdagi yig`in yakuniga etadi.