Toshkentda o`quv-mashg`ulotlarini olib borayotgan «Qizilqum» va «Andijon» jamoalari 18 fevral kuni o`zaro nazorat o`yinida maydonga tushishdi. Bu haqda «Qizilqum» matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`yin 1:0 hisobida navoiylik futbolchilar foydasiga hal bo`lgan. O`yindagi yagona gol uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida G`ayrat Jumaev tomonidan kiritilgan.
Reja bo`yicha, «Qizilqum» navbatdagi nazorat uchrashuvini 19 fevral kuni «Sho`rtan» jamoasiga qarshi o`tkazadi.