Turkiyada o`quv-mashg`ulotlarini olib borayotgan Farg`onaning «Neftchi» jamoasi 18 fevral kuni nazorat o`yini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Janubiy Koreyaning «Suvon» jamoasiga qarshi kechgan bahsda Murod Ismoilov boshqaruvidagi jamoa 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. «Neftchi» matbuot xizmatining qayd etishicha, uchrashuv teng kurashlar ostida kechgan.
Reja bo`yicha, «Neftchi» navbatdagi nazorat uchrashuvini 21 fevral kuni Janubiy Koreyaning boshqa bir jamoasi – «Kangvon»ga qarshi o`tkazadi.