PFL Kubogi-2014 bahslaridan chiqib ketgan Namanganning «Navbahor» jamoasi Toshkentdagi mashg`ulotlarni davom ettirmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoa mashg`ulotlariga «Neftchi»ning sobiq futbolchisi Baxtiyor Yoqubov va «Qo`qon-1912» hujumchisi Iskandar Alimboev ishtirok etmoqda. Avvalroq yig`inlarga jalb etilgan Aziz G`ulomxo`jaev esa «Navbahor» mashg`ulotlarini tark etgan.
19 fevral kuni «Navbahor» «Bunyodkor» o`yingohining sun`iy qoplamali maydonida «So`g`diyona»ga qarshi nazorat o`yini o`tkazadi. Shundan so`ng jamoa qisqa tanaffusga chiqib, 22 fevraldan tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi.