Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlari olib borayotgan Bekobodning «Metallurg» jamoasi 18 fevral kuni nazorat o`yinida maydonga tushdi.
Rossiya 1-divizioni vakili «Sibir» jamoasiga qarshi o`tkazilgan nazorat uchrashuvida Rustam Mirsodiqov shogirdlari kichik – 1:0 hisobida g`alaba qozonishdi.
Bu «Metallurg»ning Turkiyadagi ilk nazorat o`yini bo`ldi. Jamoa 1 martgacha Turkiyada bo`ladi va jami to`rtta nazorat o`yini o`tkazishni rejalashtirgan.