«Paxtakor» Rossiya Premer-ligasi klubiga mag`lub bo`ldi

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi Turkiyadagi ikkinchi yig`in doirasida ilk nazorat o`yinini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentning «Paxtakor» va Rossiya Premer-ligasida ishtirok etuvchi «Krasnodar» jamoalari o`rtasidagi nazorat o`yini 1:0 hisobida rus klubi foydasiga hal bo`lgan.

Uchrashuvdan avval «Paxtakor» matbuot xizmati «Krasnodar»ga qarshi o`yinda argentinalik futbolchi to`p surishi haqida xabar bergan edi: «Bugungi uchrashuvda «Paxtakor» murabbiylar shtabi jamoada ko`rikdan o`tayotgan hujumkor yarim himoyachi argentinalik Matias Norberto Fernandesni o`yinini kuzatish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Agar futbolchi murabbiylarga maqul kelsa, O`zbekiston chempionatida birinchi argentinalik legioner paydo bo`lishi imkoniyati yo`q emas». 

mib
uzcard
cola
apex
bmb