Valentin Kovalenko OChLdagi «Al-Hilol» – «Al-Ahli» o`yinini boshqaradi

O`zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko 2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi «D» guruhi 1-tur uchrashuviga tayinlandi.

26 fevral, chorshanba kuni OChL-2014 «D» guruhi 1-turi doirasida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» va BAAning «Al-Ahli» jamoalari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tadi.

Uchrashuvni o`zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko boshqarib boradi. Unga qanotlarda bahraynlik Navaf Shahin Musa va Muhammad Ja`far Salmon yordam beradi.

Iordaniyalik Adham Muhammad to`rtinchi hakam etib tayinlangan bo`lsa, iroqlik Kazum Auda as-Saidiy hakamlar harakatini baholab boradi.

Bu Kovalenko uchun joriy OChL bahslarida ikkinchi o`yin bo`ladi. Bungacha u o`z brigadasi (yordamchi hakamlar – o`zbekistonlik Rafael Ilyosov va Ma`mur Saidqosimov, to`rtinchi hakam – o`zbekistonlik Ilgiz Tantashev) bilan birga OChL-2014 3-saralash bosqichidagi «Beyjing Guoan» (Xitoy) – «Chonburi» (Tailand) uchrashuvida ishlagan edi.

OFK tasdiqlagan reja bo`yicha, Valentin Kovalenko OChL-2014da «Sanfrechche Xirosima» (Yaponiya) – «Seul» (Janubiy Koreya; F guruhi, 3-tur), «Shandong Luneng» (Xitoy) – «Poxang Stilerz» (Janubiy Koreya; E guruhi, 4-tur), «Yokogama Marinos» (Yaponiya) – «Chonbuk Motors» (Janubiy Koreya; G guruhi, 5-tur) uchrashuvlarida hakamlik qilishi kutilmoqda. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb