OChL-2014da «Lokomotiv» safida o`ynagan Anvar G`ofurov «Bunyodkor»ga qaytdi

Mavsumlar oralig`ida Toshkentning «Lokomotiv» klubiga ko`chib o`tgan Anvar G`ofurov yana «Bunyodkor» safiga qaytdi. Bu haqda «Bunyodkor» rasmiy sayti xabar berdi.

«Anvar G`ofurov va «Lokomotiv» PFK o`rtasidagi shartnoma ikkala tomonning kelishuvga ko`ra bekor qilindi va himoyachi ozod agentga aylandi. 17 fevral kuni Anvar G`ofurov va «Bunyodkor» futbol klubi o`rtasida yangi bitim imzolandi», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o`tamiz, qishki yig`inlar vaqtida «Lokomotiv»ga qo`shilgan Anvar G`ofurov OChL-2014 saralash bosqichi doirasida «Lokomotiv» safida maydonga tushishga ulgurgan edi

mib
uzcard
cola
apex
bmb