«Olmaliq» Armaniston klubiga mag`lub bo`ldi

Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini olib borayotgan «Olmaliq» 17 fevral kuni ilk nazorat o`yinini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Armanistonning «Pyunik» klubiga qarshi kechgan nazorat o`yinida «Olmaliq» 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoaning yagona goli hujumchi Zafar Polvonov tomonidan penaltidan kiritildi.

«Olmaliq» navbatdagi nazorat uchrashuvini 20 fevral kuni Qozog`istonning «Irtish» jamoasiga qarshi o`tkazadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb