«Lokomotiv» BAAda yig`in o`tkazadi

Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi BAAda yig`in o`tkazadi. Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, jamoa 19 fevral kuni BAAga jo`nab ketadi.

Yig`in 19 fevraldan 2 martga qadar davom etadi. Bu davr mobaynida jamoa Dubaydagi Jebel Ali mehmonxonasida istiqomat qiladi. Jamoaning Dubaydagi raqiblari to`g`risida hozircha ma`lumotlar yo`q.

Eslatib o`tamiz, 13 fevral kuni Vadim Abramov «Lokomotiv» bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabar berilgan, Abramovning o`zi tayinlanuvdan so`ng bergan ilk intervyusida xorijda yig`in o`tkazish masalasi yaqin bir-ikki kun ichida hal bo`lishini ma`lum qilgandi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb