«Andijon» litvalik futbolchilar bilan shartnoma imzolamadi

«Andijon» yarim himoyachi Mirzakamol Kamolov va Shahzod Shaymanov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Mashg`ulotlarda ishtirok etgan darvozabon Artur Parvanov «Lokomotiv»ga qaytib ketdi. Sobir Usmonxo`jaev esa ko`rikdan o`ta olmadi. Shuningdek, ikki oydan beri mashg`ulotlarda qatnashib kelgan Nikita Pavlenko ham «Oq-tepa»ga qaytib ketdi», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida. Jamoa bosh murabbiyi Azamat Abduraimovning qayd etishicha, klub smetasi qisqartirilgani uchun jamoaga jalb etilishi kutilgan litvalik legionerlar «Andijon»da qolmaydigan bo`lgan.

«Legionerlardan faqat Aleksey Kasyan qoladigan bo`lib turibdi. «Paxtakor»dan hujumchi Alisher Azizovni hujum chizig`imizni kuchaytirish maqsadida jalb qilgandik. Afsuski, PFL Kubogida Azizov bu o`yinda jarohat oldi. Shu bois hammasi uning jarohati qay darajadaligiga bog`liq», - deydi Abduraimov.

Jamoa PFL Kubogidan chiqib ketganidan so`ng ham mashg`ulotlarni davom ettirmoqda. «Andijon» 18 fevral kuni «Qizilqum»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushadi. 19 fevral kuni esa jamoa ikkinchi tarkibi «Neftchi» o`rinbosarlariga qarshi o`ynaydi. Shundan so`ng yig`in yakuniga etadi. Keyingi yig`in esa 23 fevral kuni yana Toshkentda tashkil etiladi va «Andijon» 5 martga qadar O`zbekiston poytaxtida shug`ullanadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb