Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi so`nggi uch kun ichida ikkinchi marta Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
15 fevral kuni bo`lib o`tgan dastlabki nazorat o`yinida ilk bor Vadim Abramov qo`l ostida harakat qilgan «Lokomotiv» futbolchilari 3:1 hisobida g`alaba qozonishgan edi.
17 fevral kuni bo`lib o`tgan ikkinchi uchrashuvda hisob ochilmadi. «Biroz sovuqqonlik etishmagan o`yinda yana Viktor Karpenko, Andrey Kojokar, Sardor Mirzaev va ikki Jasur Hasanovda ham imkoniyatlar bo`ldi. Ammo uchrashuvda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi», - deyiladi klub xabarida.
Uchrashuv davomida «Lokomotiv» safida darvozabon Ignatiy Nesterov, yarim himoyachi Fozil Musaev, hujumchi Farhod Tojiev maydonga tushdi.