«Paxtakor» Turkiyada 4ta nazorat o`yini o`tkazadi

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazish uchun 15 fevral kuni Turkiyaga yo`l oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jamoa Antaliyadagi yig`inlarga 26 nafar futbolchi bilan yo`l olgan. «Paxtakor»ning Turkiyadagi ikkinchi yig`ini 28 fevralga qadar davom etadi.

Yig`in davomida 4ta nazorat o`yini o`tkazishi rejalashtirilgan. O`yinlarning dastlabkisi 18 fevral kuni Rossiya Premer-ligasining «Krasnodar» jamoasiga qarshi o`tkaziladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb