Yangi mavsumga tayyorgarlik ko`rish uchun «Olmaliq»ning asosiy tarkibi Turkiyaga jo`nab ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati 15 fevral kuni xabar berdi.
Xabar berishlaricha, yig`in davomida «Olmaliq» beshta nazorat o`yinida maydonga tushadi.
Dastlabki o`yin 17 fevral kuni Amranistonnig «Pyunik» jamoasiga qarshi o`tkaziladi. 20 fevralda esa Qozog`istonning «Irtish» jamoasi bilan nazorat o`yini o`tkaziladi.
Bundan tashqari, 23, 26 fevral va 1 mart kunlari ham nazorat o`yinlarini o`tkazish rejalashtirilgan.