«Lokomotiv»ning «So`g`diyona»ga qarshi nazorat o`yinida «Lokomotiv» tarkibida bir qator o`zgarishlar kuzatildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, ushbu bahsda "temiryo`lchilar" safida Ignatiy Nesterov va Farhod Tojiev maydonga tushdi. Ikkala futbolchi ham o`tgan mavsum jarohat olib uzoq muddat davolanishdi. Bugungi o`yin Nesterov uchun "Loko" libosidagi dastlabki norasmiy uchrashuv bo`ldi. «Shunisi e`tiborga molikki, Ignatiy Nesterov 177 kun, Farhod Tojiev esa roppa rosa 200 kundan so`ng maydonga qaytdi», - deyiladi klub xabarida.
Bundan tashqari, "So`g`diyona"ga qarshi bahsda 2013 yilni Qozog`istonning "Jetisu" klubida o`tkazgan Ruslan Melziddinov ham harakat qildi. Bundan tashqari Ilhom Suyunov ham Jizzax klubiga qarshi o`ynadi.
Eslatib o`tamiz, «Lokomotiv» – «So`g`diyona» nazorat uchrashuvi 3:1 hisobida «temiryo`lchilar» foydasiga hal bo`lgan.