Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan «Qizilqum» va «Mash`al» jamoalari 15 fevral kuni o`zaro nazorat o`yinini o`tkazishdi. Bu haqda har ikkala klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv 2:0 hisobida muborakliklar foydasiga hal bo`ldi. O`yindagi har ikkala golni kasbilik hujumchi Zohir Qo`ziboev kiritdi.
«Mash`al» navbatdagi bahsni PFL Kubogi chorak finali doirasida 17 fevral kuni «Dinamo»ga qarshi o`tkazsa, «Qizilqum» 18 fevral kuni «Andijon»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushadi.