«Lokomotiv» «So`g`diyona» ustidan g`alaba qozondi

 Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi yangi bosh murabbiy – Vadim Abramov qo`l ostida ilk nazorat o`yinini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

15 fevral kuni Toshkentda Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasiga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida «Lokomotiv» futbolchilari 3:1 hisobida g`alaba qozonishdi. Uchrashuvda hisob 4-daqiqada jizzaxliklar tomonidan ochildi – «Lokomotiv» darvozasiga belgilangan penaltini «Lokomotiv»ning sobiq a`zosi Ayubxon No``monov aniq amalga oshirdi va «So`g`diyona»ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Biroq 18-daqiqaga kelib «Lokomotiv» hisobda oldinga chiqib olishga ulgurdi – 8 daqiqa ichida «Lokomotiv»ning ukrainalik legioner hujumchisi Vyacheslav Shevchenko dublni rasmiylashtirdi. Uchrashuvdagi so`nggi gol 81-daqiqada hujumchi Ivan Nagaev tomonidan kiritildi.

Klub matbuot xizmatining qayd etishicha, jamoaning yangi bosh murabbiyi «jamoa o`yin uslubida turli islohotlarni amalga oshirish, har xil taktik uslublarni amalga tatbiq etishga jiddiy yondoshyapti». Bunga dalil sifatida, Viktor Karpenkoning o`ng qanot himoyasida, Lutfulla To`raev esa tayanch yarim himoyasida o`ynatilgani ko`rsatilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb