Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko`rayotgan «Bunyodkor» 13 fevral kuni navbatdagi nazorat uchrashuvini o`tkazdi. Bu haqda «Bunyodkor» matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Bunyodkor» va Ukrainaning «Ilichevets» jamoalari o`rtasidagi nazorat o`yini Mirjalol Qosimov shogirdlarining 1:4 hisobidagi mag`lubiyati bilan yakuniga etdi.
Uchrashuvda hisob 5-daqiqadayoq «Bunyodkor» hujumchisi Bahodir Pardaev tomonidan ochilganiga qaramay, o`yin davomida ukrain klubi futbolchilari to`rtta gol urishdi.
«Bunyodkor» bungacha Turkiya yig`ini doirasida Polshaning «Yagelloniya» (0:1), Bolgariyaning «Bansko» (0:0) va «Lokomotiv» (1:0) jamoalariga qarshi nazorat o`yinlarida maydonga tushgan edi.
16 fevral kuni «Bunyodkor» Turkiya yig`ini doirasida Qozog`istonning «Shaxtyor» jamoasiga qarshi maydonga tushishi rejalashtirilgan.